2026-03-18 13:32:46
2283
NAVRO`ZI OLAM
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
Navro‘z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko‘rinadiki, u O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistonda Ahamoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng tarqalgan. Shu ma’noda Navro‘zning 2-3 ming yillik tarixga ega deb taxmin qilish mumkin.
Navro‘z qachon, qanday vujudga kelganidan qat’iy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan. Ushbu bayram munosabati bilan Shirmonbuloq turizm maskanida navro`z bayramini kutib olish va o`tkazish uchun kata tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.