2026-03-25 09:37:41
2881
📚"Birga - birga o'qiymiz" loyihasi
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
📚"Birga - birga o'qiymiz" loyihasi
“Kitob — tafakkur qanotidir.”
Alisher Navoiy
Kitob insonning eng yaqin do‘sti va ishonchli maslahatchisidir. Kitob o‘qish orqali inson turli sohalarda bilimga ega bo‘ladi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi, nutqi boyiydi. Ayniqsa, yosh avlodning bo‘sh vaqtini kitob mutolaasi bilan o‘tkazishi ularning kelajakda yetuk, bilimli va ma’naviyatli inson bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisilari o'quvchilarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Safar Barnoyevning "Oq laylaklar" qissa va hikoyalar to'plami haqida tushunchalar berib, o'qishga tavsiya etdilar.