"Amir Temur- bunyodkor shaxs"
📚Aprel oyi "Amir Temur oyligi"
📖"Amir Temur- bunyodkor shaxs"
"Kuch - adolatda"
Amir Temur
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevral PQ-46-son qaroriga muvofiq aprel oyi "Amir Temur oyligi" deb e'lon qilingani munosabati bilan Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi, 4- umumiy o'rta ta'lim maktabi tomonidan "Amir Temur- bunyodkor shaxs" mavzusida kitob yarmarkasi tashkil etildi.Mazkur yarmarkada buyuk sarkarda, davlat arbobi va bunyodkor bobomiz Amir Temurning hayoti, faoliyati, harbiy san'ati hamda temuriylar davriga oid tarixiy va badiiy adabiyotlar keng o‘rin oldi. Kitobxonlarga Sohibqironning dono siyosati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodni milliy tariximiz, buyuk ajdodlarimiz merosi bilan tanishtirish, ularda vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg'otishdan iborat.