"Andijonning asl farzandlari — jadid ahlining fidoiylari"
#Kitobxonlik haftaligi 2026
#Xotira kechasi
📜"Andijonning asl farzandlari — jadid ahlining fidoiylari"
Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi, 11- umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda Andijon farzandi, jadid adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri, millatparvar shoir va ma’rifatparvar Abdulhamid Cho‘lpon faoliyatiga bag‘ishlangan "Andijonniing asl farzandlari - jadid ahlining fidoiylari" navzusida xotira kechasi o'tkazildi. Xotira kechasida Cho‘lponning hayoti va ijodiy faoliyati, uning millat ravnaqi, ozodlik va ma’rifat yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari haqida so‘z yuritildi. O'quvchilar va o'qituvchilar tomonidan shoirning she'rlari o'qildi, sahna ko'rinishlar namoish etildi. Mazkur xotira kechasi yoshlarni ajdodlar merosini qadrlashga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga va ma’naviy kamolot sari intilishga undaydi.