Buloqboshi tumani, Andijon viloyati 91-497-30-47
O'zbekcha
2026-05-07 19:17:38 2791

Yoshlar kuni ✍ “Hokim va yoshlar uchrashuvi”

Asosiy rasm
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari

✨Yoshlar kuni

✍ “Hokim va yoshlar uchrashuvi”

📚 Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazida “Inqiroz va mutolaa” mavzusida tuman hokimi Furqatbek Bo'taxonov va yoshlar o'rtasida ochiq muloqot  bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda turli ma’naviy tahdid va inqirozlarning oldini olishda mutolaaning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbirda hokim tomonidan o‘zi mutolaa qilgan kitoblar, ularning inson hayotidagi o‘rni va shaxs kamolotiga ta’siri haqida samimiy fikrlar bildirildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari, fikr-mulohazalari hamda kitobxonlik borasidagi takliflari tinglandi.
📖✨Uchrashuv yakunida yoshlarni mutolaaga oshno bo‘lishga, bilim va tafakkurni boyitishga chorlovchi tavsiyalar berildi. Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
|

Teglar: #Kutubxona #Kitobxonlik #Buloqboshi
Ulashish: