Tarixini bilgan elning kelajagi buyukdir!
#Bibliografik yordam
#Tarixini bilgan elning kelajagi buyukdir!
"O‘z elini tanimagan, uning tarixini bilmagan odam — ildizsiz daraxtga o‘xshaydi."
✍️Oybek
Buloqboshi tuman Axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a‘zosi Umida Egamberdiyeva tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Buloqboshi haqida yozayotgan yangi kitobi uchun Buloqboshi tarixi uning o‘tmishi, buyuk siymolari va asrlardan oshib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz haqida ko‘plab ma‘lumotlar olishda amaliy yordam so‘rab murojat qildi. Axborot- bibliografiya bo‘limida mavjud o‘lkashunoslik adabiyotlari va bibliografik qo‘llanmalar tavsiya etildi. O‘z o‘lkasini sevadigan, uning tarixini yurakdan his qiladigan mana shunday ma’rifatparvar ustozlarimiz bor ekan, adabiyotimiz ham, tariximiz ham mangu barhayotdir!