Hokim va yoshlar uchrashuvi 🖊"Nazm gulshanining betakror shoirasi
🖊"Nazm gulshanining betakror shoirasi"
Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79- yilligi
Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi, tuman Madaniyat bo'limi, Xotin- qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda Xalima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 -yilligi munosabati bilan “Nazm gulshanining betakror shoirasi” mavzusida xotin qizlar faollari va kitobxon ayol, qizlar ishtirokida kitobxonlar konsifirensiyasi bo'lib o'tdi. Unda X. Xolmatova, N. Xudoyberdiyeva, IIB mas'ul hodimi T. Axmedovalar ishtirok etdi. Tadbir davomida shoira ijodi, uning Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, ayol qalbi va insoniy tuyg‘ularni tarannum etgan she’rlari haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar o‘qilib, ijod namunalaridan parchalar tinglandi. Madaniyat hodimlari N. Soliyev, Sh. Husanovlar ijrosida shoira she'rlariga bastalangan qo'shiqlar kuylandi. Tadbir barchada she’riyatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.