"Andijonda kitob karvoni"
#"Andijonda kitob karvoni"
✅Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida "Yoshlar tashabbusilari marafoni" yuqori kayfiyatda o'tkazilmoqda.
📖Ushbu nufuzli ma’naviy-ma’rifiy loyiha doirasida Buloqboshi tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
📖Tadbir davomida kitobxonlar uchun eksklyuziv mavzulardagi uchrashuvlar, ijodiy suhbatlar, kitob taqdimotlari, mahorat darslari hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli loyihalar tashkil etilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilayotgan mazkur tadbirlar katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.
📖“Kitob karvoni” nafaqat yangi adabiyotlar bilan tanishish, balki bilim va tajriba almashish, kitobsevarlar bilan muloqot qilish uchun ham muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.Yoshlar ishlari agentligiga kutobxonlar o‘z minnatdorchiligini bildiradi.