Birga-birga o‘qiymiz” loyihasi davom etmoqda!
Buloqboshi TAKM
📚 “Birga-birga o‘qiymiz” loyihasi davom etmoqda!
Buloqboshi TAKM tomonidan kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Birga-birga o‘qiymiz” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida kitobsevarlar uchun qiziqarli uchrashuvlar, kitob muhokamalari va mutolaa soatlari tashkil etilib, o‘quvchilar sevimli asarlari bilan o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
📖 Shu bilan birga, kutubxonamiz fondiga yangi kelgan badiiy, va bolalar adabiyotlari bilan boyitildi. Yangi adabiyotlar orasida o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda zamonaviy asarlar o‘rin olgan.
Aziz kitobxonlar! Sizni yangi
kitoblar bilan tanishish va “Birga-birga o‘qiymiz” loyihasida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Zero, kitob – bilim va ma’naviyat manbai, mutolaa esa komillikka eltuvchi eng yaqin yo'ldir.