Ko‘rik tanlov 🌟Jajji nurli yulduzlar
#Buloqboshi_TAKM.
Ko‘rik tanlov
🌟Jajji nurli yulduzlar
✅O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 17- iyuldagi 259- sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilar o‘rtasida "Jajji nurli yulduzlar" mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi.
⭐️ Tanlovning asosiy maqsadi folklor, xalq og‘zaki ijodi, maqollar, matallar, alla va o‘yinlarni yosh avlod ongiga singdirib borish. Ular orasidan iste’dodli yoshlarni tanlab olish va iste’dodini ro‘yobga chiqarishdir. Tanlovda 23 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar. 10-mtt 1- o‘rinni, 8-mtt 2-o‘rinni, 24-mtt 3-o‘rinni egalladilar.G`oliblar tashkilotchilarning tashakkurnomasi va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. Tadbir zo`r tv orqali tasbirga olindi.