2026-09-02 10:51:11
1215
"Birinchi qo‘ng‘iroq"
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
#Buloqboshi TAKM
🔔"Birinchi qo‘ng‘iroq"
Bugun Yurtimiz bo'ylab "Birinchi qo‘ng‘iroq" sadolari jaranglamoqda.
Buloqshi tuman 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining ilk kuni — “Birinchi qo‘ng‘iroq” ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
🏢Maktab hovlisida o‘quvchilarning quvonchli chehralari, ustozlarning samimiy tilaklari va bilim olishga bo‘lgan intilishlari aks etdi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun bugungi kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.